» » “Judayam yashashni xohlayman”. Jigar sirroziga chalingan Feruza Ramazonova yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

“Judayam yashashni xohlayman”. Jigar sirroziga chalingan Feruza Ramazonova yaxshi insonlar yordamiga muhtoj


Ismim Feruza. Yoshim 34 da, 2-guruh nogironiman. Bolaligimda gepatit B bilan kasallanganman. Keyinchalik gepatit D bosqichiga o‘tgan. Immunitetim pastligi sababli turli kasalliklarga chalindim. 21 yildan beri qand kasalligi va jigar sirrozi bilan og‘riyman.

Shifokorlarning aytishicha, umrim juda oz qolgan. Lekin jigarni almashtirish orqali hayotimni saqlab qolish mumkin ekan. Jigar transplantatsiyasi uchun eng arzon joy Hindiston ekan. Operatsiyaga 32000 dollar mablag‘ ketarkan.

Oila qurmaganman. Onam bilan yolg‘iz yashaymiz. Onam ancha qarib qolgan, ishlolmaydi. Faqat men ishlayman. Oyligim 900 ming so‘m atrofida. Yaqinda doktorlar menga ishlashni taqiqlab qo‘yishdi.

Hozir Respublika Endokrinologiya markazida davolanyapman. Lekin har kuni qimmat dorilar va ukollar olishim kerak. Moddiy tarafdan juda qiynalib qoldim. Shu paytgacha hech kimdan yordam so‘ramaganman. Lekin judayam yashagim kelyapti....

Agar dunyodan ko‘z yumsam, keksa onam bir o‘zi qolib ketadi. Onam uchun ham yashashim kerak.

Olish ham berish ham Allohning qo‘lida, lekin yashashim uchun yaxshi insonlar sababchi bo‘lib qolishi mumkin.

Iltimos, azizlar yordamingizni ayamang!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Feruza Ramazonova nomiga ochilgan

“Qishloq qurilish bank”:

86 00 09 04 52 22 31 99

“Qishloq qurilish bank”ning Feruza Ramazova nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00359    INN: 202042186

Korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan mablag‘lar tranziti:

23120000 700000 359001 

Xorijiy davlatlardan mablag‘ yuborib, yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Ramazonova Feruza Daminovna

Pasport raqami: AA 5598810 

Telefon raqami:

+99890 915 56 84 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют