» » Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ochildi

Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ochildi


Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ochildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu markaz Prezidentning “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil qilindi.

Unda xalqaro tajribalarga tayangan holda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarga manzilli, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatiladi va himoya qilinadi.

Shuningdek, mazkur markazda zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, zarurat bo‘lganda, ularga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

Markaz Chilonzor tumani, Dilxush ko‘chasida joylashgan, shuningdek, u bilan “1146” raqami orqali bog‘lanish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют