» » Ozsanoatqurilishbank xodimlari 440 ming xonadonda bolib, ushbu oilalar azolarining tadbirkorlikka qiziqishi va imkoniyatlarini organdi

Ozsanoatqurilishbank xodimlari 440 ming xonadonda bolib, ushbu oilalar azolarining tadbirkorlikka qiziqishi va imkoniyatlarini organdi


Ozsanoatqurilishbank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bagishlab otkazilgan matbuot anjumanida bu alohida qayd etildi. Bu haqdaOzA xabar bermoqda.

Mazkur yonalishda bankning barcha filiallarida aholi bilan ish olib boradigan 44 bolim tashkil etilib, ularga 170 nafar malakali xodim ishga olingan.

Bank tomonidan kredit ajratish shartlari va namunaviy biznes loyihalarini aholi ortasida keng targib qilish uchun OAVlarida reklama roliklari namoyish etilmoqda. Maslahat markazlari, mahallalarda targibot stendlari tashkil etilgan. Bank xodimlari 440 ming xonadonda bolib, ushbu oilalar azolarining tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi va imkoniyatlarini organgan. 362 mahallada seminarlar otkazilgan.

37 mingdan ziyodxonadon tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan. 15 mingdan ziyod xonadonga 105 milliard somlik imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan. Natijada 18 322 ish orni yaratilgan.

Endilikda yangi royxatdan otgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha yoki mahalla fuqarolar yigini kafilligi asosida eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

Yangi royxatdan otgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subektlari mazkur mikrokreditlarni rasmiylashtirgandan song oltioy muddatga qatiy belgilangan soliq tolovlaridan ozod etiladi.

Joylardagi davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, xojalik birlashmalariga tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qoy-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok kochatlari, urug, mineral ogit, osimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yoli bilan yetkazib berishni tashkil etishga komaklashish vazifasi topshirildi. Bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida qishloq xojaligi tovarlari, maishiy texnika, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan xojalik subyektlari tashkil etiladi.

Tadbirda jurnalistlar ozlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

: admin (29-03-2017, 07:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -