» » 2019/2020-o‘quv yilida “Zakovat” intellektual o‘yini umumta’lim maktablarida yangi formatda tashkil etiladi

2019/2020-o‘quv yilida “Zakovat” intellektual o‘yini umumta’lim maktablarida yangi formatda tashkil etiladi


2019/2020-o‘quv yilida umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini yangi formatda tashkil qilinadi, deya xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Xalq ta’limi vazirligi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini muallifi Abdurasul Abdullayev hamkorligida mazkur o‘yin zamonaviy axborot-kommunikatsiya taraqqiyotini inobatga olgan holda yangi formatda masofaviy onlayn veb-turnir tarzida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihani amaliyotga tatbiq etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida (har bir hududda bittadan) jami 14 ta umumta’lim maktabi “Zakovat” klubi faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish uchun markazlashgan to‘garaklarni tashkil qilish bo‘yicha tayanch maktabi sifatida belgilandi. Joriy yilning 27—28-avgust kunlari tayanch maktablari mas’ul xodim va o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinini yangi formatda tashkil etish bo‘yicha loyiha muhokamasi va o‘quv-seminari o‘tkazildi. Yangi format klublar faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul yechim sifatida e’tirof etildi.

O‘quv-seminar doirasida “Zakovat” klublari faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish, markazlashgan to‘garaklarni tashkil qilish bo‘yicha tayanch maktablari jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika musobaqasi ham tashkil etildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Samarqand viloyati, Tayloq tumani 20-sonli umumta’lim maktabi jamoasi;

2-o‘rinni Sirdaryo viloyati, Guliston shahar Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati jamoasi;

3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati, Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kompyuter jamlanmasi, televizor va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Zakovat” intellektual o‘yini yangi formatda masofadan turib markazlashgan holda maxsus sayt orqali onlayn rejimida o‘tkaziladi.

Loyiha 2020-yildan boshlab barcha umumta’lim maktablarida tatbiq etiladi.

Unga qadar “Zakovat” klublari faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha markazlashgan to‘garaklarni tashkil qilish bo‘yicha tayanch maktablarida loyiha sinovdan o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют