» » “Toshkent—Yakkabog‘” va “Toshkent—Urgut” yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

“Toshkent—Yakkabog‘” va “Toshkent—Urgut” yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi


Yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yishni tashkil etish, xalqqa ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Transport vazirligi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar beradi.

Bugun nafaqat yirik shaharlar o‘rtasida, balki tuman markazlari va respublikaning chekka hududlarini ham bevosita poytaxt, Toshkent shahri bilan bog‘lovchi muntazam avtobus yo‘nalishlarining tashkil etilayotgani yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.

Jumladan, “Uzautotrans Service” MChJ tomonidan 27-avgust kunidan e’tiboran “Toshkent—Yakkabog‘” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalish masofasi 500 km bo‘lib, chipta narxi 52 000 so‘m etib belgilangan. Qatnovlar zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobus soat 13:10 da “Toshkent” avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Yakkabog‘dan esa 09:30 da poytaxt tomon harakatlanishni boshlaydi.

Shuningdek, 30-avgust kunidan e’tiboran “Toshkent—Urgut” yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Masofasi 387,9 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda chipta narxi 42 000 so‘mni tashkil etadi. Avtobus soat 13:20 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. Urgutdan esa 07:30 harakatlanishni boshlaydi.

“Hurmatli yo‘lovchilar, “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshirilayotgan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam qatnovlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni avtovokzalning (71) 207 87 00, (71) 207 87 02 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarga chiptalarni “avtoticket.uz” sayti orqali ham sotib olish imkoni mavjud”, — deyilgan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют