» » Andijonda balandligi 64 metr bo‘lgan O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi (foto)

Andijonda balandligi 64 metr bo‘lgan O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi (foto)


Andijon shahrida balandligi 64 metr bo‘lgan O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Yigirma qavatli binoga bo‘ylashadigan maxsus ustunning eng cho‘qqisiga mustahkamlangan bayroq Eski shahar hududida, viloyat hokimligi yonidagi hiyobonga o‘rnatilgan. “Auz.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, bayroq uzunligi 14, eni 7,5 metrga teng. Uning og‘irligi esa 33 kilogrammni tashkil etadi.

Yaqinda Guliston shahrida balandligi 65 metr bo‘lgan katta bayroq o‘rnatish boshlangan edi. Bugungi kunda Sirdaryo viloyatidagi eng ulkan bayroq (balandligi 35 metr, hajmi 12 metrga 6 metr) Shirin shahrining bosh maydoniga o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, hozir eng ulkan bayroq Toshkentda bo‘lib, balandligi 65 metr, Buxoroda esa 60 metrlisi o‘rnatilgan. Shuningdek, 35 metrli bayroq Namangan shahri va Qorako‘l tumanlariga ham shunday flagshtoklar o‘rnatilgan. Samarqand shahrida o‘rnatilgan bayroq balandligi 30 metrni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют