» » Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori muhokamaga qo‘yildi

Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori muhokamaga qo‘yildi


Toshkent viloyatining Angren shahrini 2020—2022-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida hukumat qarori tayyorlandi.

Hujjat bilan Angren shahrida 2020—2022-yillarda bajarilishi belgilab olingan asosiy tadbirlarni amalga oshirish hamda shaharni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish maqsadida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini kompleks rivojlantirish, sanoat mahsulotlari, jumladan, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari, xususan, ayollar uchun ish o‘rinlarini yaratish, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan bino-inshootlardan, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirish tadbirlari tasdiqlanadi.

Dastur parametrlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha respublika ishchi guruhi Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarga amalga oshirilishini tahlil qilib boradi va muvofiqlashtiradi.

Muammoli masalalar muntazam ravishda o‘rganib borilib, ularni hal etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlarni ko‘riladi.

Toshkent viloyati hokimligi, Angren shahar hokimligi tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, tijorat banklari hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturdagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallari ishlab chiqib, tasdiqlatadi.

Dasturga kiritilgan loyihalar ijrosini ta’minlashda loyiha tashabbuskorlariga yer tanlash va ajratishni belgilangan tartibda, bosh rejaga asosan amalga oshirish O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Angren shahar hokimligi zimmasiga yuklanadi.

Shuningdek, “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda 2020—2022-yillarda Angren shahrida 25 ta arzon 5—7 qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurilishini ta’minlash choralarini ko‘riladi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda tashabbuskorlarni jalb etgan holda “Kimyogar” mahallasida qurilishi tugallanmagan texnik jihatdan yaroqsiz holdagi 3 ta ko‘p qavatli yotoqxona binosini belgilangan tartibda buzilib, bo‘shagan hududda 2020-yilda zamonaviy turar joy komplekslarini qurish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют