» » Xalq ta’limi vazirligi xususiy maktab direktorlari bilan hijob masalasida majlis o‘tkazilganini rad etdi

Xalq ta’limi vazirligi xususiy maktab direktorlari bilan hijob masalasida majlis o‘tkazilganini rad etdi


Xalq ta’limi vazirligi Toshkentdagi barcha xususiy maktab direktorlari ishtirokida yangi o‘quv yilida o‘quvchi qizlarning kiyinishiga oid majlis o‘tkazganini rad etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 26-avgust kuni Toshkentdagi barcha xususiy maktablarning rahbarlari Xalq ta’limi vazirligiga chaqirtirilganligi, Prezident Administratsiyasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari ishtirok etgan vazirlikdagi yig‘ilishda maktab direktorlaridan hijobda o‘qishga keladigan o‘quvchi qizlarning ota-onasiga bosim o‘tkazish talab qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xalq ta’limi vazirligining 29-avgustdagi bayonotida bunday yig‘ilish o‘tkazilgan inkor etilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yaqin vaqt ichida bu yoki boshqa masala yuzasidan xususiy maktab rahbarlari bilan hech qanday majlis o‘tkazmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 15-avgustida yagona maktab formasi bo‘yicha qaror qabul qilgan. Qaror bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar, e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi. Xususan, hijobni ham taqiqlagan ushbu bandda, jumladan, shunday deyilgan: “O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют