» » JCh—2018. Messisiz qolgan Argentina va Suaresi bor Urugvayda mag‘lubiyat, Braziliya va Neymarni to‘xtatib bo‘lmayapti

JCh—2018. Messisiz qolgan Argentina va Suaresi bor Urugvayda mag‘lubiyat, Braziliya va Neymarni to‘xtatib bo‘lmayapti


Rossiya mundiali uchun kurash olib borayotgan Janubiy Amerika mamlakatlari saralashning 14-turida maydonga tushdi.

Ligada yaqqol peshqadam bo‘lib turgan Braziliya terma jamoasi o‘z maydonida Paragvayni qabul qilib, 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Bellashuvda “Liverpul”, “Barselona” va “Real Madrid” klubi futbolchilari o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Argentina terma jamoasi esa Boliviyada hech narsa qila olmadi — 0:2. Avvalroq FIFA Lionel Messini to‘rt uchrashuvga diskvalifikatsiya qilgani aytilgandi. Jamoa sardorining yo‘qligi esa argentinaliklar uchun qimmatga tushdi.

Luis Suares, Edinson Kavani kabi top hujumchilari bor bo‘lgan Urugvay terma jamoasi ham mazkur turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Peruda mehmon bo‘lgan urugvaylik futbolchilar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Argentina terma jamoasi 14-turdan keyin kuchli to‘rtlikka kira olmagan. 5-o‘rin Messi vatandoshlariga pley-offda to‘p surish imkoniyatinigina berishi mumkin. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, Jahon chempionatining amaldagi finalchisi oradan to‘rt yil o‘tib mundialdan quruq qolishi ham mumkin.

JCh—2018. KONMЕBOL
14-tur bellashuvlari
29-mart, chorshanba

Gollar: Xuan Karlos Arche, 31 (1:0). Martines Moreno, 53 (2:0).

Gollar: Hames Rodriges, 20 (0:1). Xuan Kuadrado, 34 (0:2).
Chetlatish: Luis Kaysedo, 61 (E).

Gollar: Aleksis Sanches, 4 (1:0). Esteban Paredes, 7 (2:0). Esteban Paredes, 22 (3:0). Solomon Rondon, 62 (3:1).

Gollar: Felipe Koutinyo, 34 (1:0). Neymar, 64 (2:0). Marselo, 85 (3:0).

Gollar: Karlos Sanches, 30 (0:1). Paolo Gerrero, 34 (1:1). Edison Flores, 62 (2:1).
Chetlatish: Xonatan Urretaviskaya, 77 (U).

Опубликовано: admin (29-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют