» » Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyalari quriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyalari quriladi


Prezident qaroriga asosan Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari qurish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish belgilangan edi. Ayni paytda bu boradagi ishlar yangi bosqichga chiqdi, deb yozadi O‘zA.

Ilk loyihalar Nukus shahri yaqinidagi Qoratou hududida 100 MVt quvvatli hamda Navoiy viloyatining Zarafshon shahri yaqinida 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish uchun mos yerni aniqlash bilan boshlangan edi. Buning uchun dastlab mamlakatdagi hududlarda muntazam shamol yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha germaniyalik mutaxassislar bilan tadqiqot ishlari olib borildi va loyihaning texnik talablariga mos hududlar aniqlandi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr uzatish liniyalarining mavjud holatini texnik jihatdan qayta ko‘rib chiqish va tahlil qilish, shuningdek, shamol elektr stansiyalarini respublikaning energiya tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Xorijlik mutaxassislar ishtirokida texnik topshiriqlar loyihasi atroflicha muhokama etildi. Joriy yilning 29-avgust kuni “O‘zbekiston MET” AJda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har ikki loyihaning mazkur bosqichiga oid kelishuvlar rasmiylashtirildi.

Endilikda Qoraqalpog‘istonning Qoratou hududida qurilishi rejalashtirilayotgan 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik komissiyasi maslahatchilari o‘z ishini yakunlagach, loyiha uchun tender hujjatlarini ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. Ushbu loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilib, davlat tomonidan xususiy sherikni tanlash uchun tender tanlovlari o‘tkazilishi 2020-yilning yanvar-fevral oylariga rejalashtirilgan.

Navoiy viloyatidagi loyiha yuzasidan Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi va “Sredazenergosetproekt” AJ o‘rtasida shartnoma imzolash uchun zarur bo‘lgan hisob-kitob ishlari yakunlanib, texnik topshiriqlar ilovasi tegishli tartibda tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют