» » FlyDubai’ning nosozlik sabab Toshkentga qaytgan layneri salkam bir sutkalik kechikish bilan Dubayga uchib ketdi

FlyDubai’ning nosozlik sabab Toshkentga qaytgan layneri salkam bir sutkalik kechikish bilan Dubayga uchib ketdi


FlyDubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga FZ-1942 reysi bilan uchayotgan layneri 30-avgust kuni havoga ko‘tarilganidan 35 daqiqa o‘tib, Toshkent aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan edi.

Dastlabki xabarlarda bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilgandi. Keyinroq kompaniya vakillari ushbu xabarni tasdiqlab (lekin muammo aynan nimada ekani ma’lum qilinmagan), reys yo‘lovchilari mehmonxona bilan ta’minlangani, uchish vaqti aniqlanayotganini ma’lum qilgan edi.

Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo Nebo” kanalining xabar berishicha, FlyDubai’ning Boeing 737-8KN bortidagi barcha nosozliklar bartaraf etilgach, samolyot 31-avgust kuni soat 5:13 da Dubayga uchib ketgan. “Shunday qilib, FZ-1942 reysi Toshkentda bir sutkaga yaqin ushlanib qoldi”, — deb qo‘shimcha qilgan kanal.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют