» » PSJ safarda g‘alaba qozonib, Liga 1 da yetakchiga aylandi (video)

PSJ safarda g‘alaba qozonib, Liga 1 da yetakchiga aylandi (video)


30-avgust, juma kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 4-turiga start berildi.

Turning dastlabki o‘yinida Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi safarda “Mets”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida hakam tomonidan mezbon jamoa darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan parijliklar yarim himoyachisi Anhel Di Mariya unumli foydalandi (1:0). 43-daqiqaga kelib esa kamerunlik Erik Maksim Shupo-Moting hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa PSJ mehmonda kechgan bahsda “Mets” ustidan ishonchli g‘labaga erishdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Parij klubi ochkolari sonini 9 taga yetkazib, musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

Liga 1

4-tur bahsi

30-avgust, juma

Gollar: 0:1 — 11, penalti, Di Mariya, 0:2 — 0:2 — 43 Shupo-Moting

“Mets”: Ukija, Santonz, Sunzu, Boyye, Delen, Maiga, Fofana (Angban, 59), Koad (Gakpa, 70), Bulaya (Nyan, 82), Diallo, Ngette

PSJ: Bulka, Dagba, Markinyos, Tiago Silva, Bernat, Aushish (Paredes, 65), Guyye, Verratti (Kurzava, 82), Sarabiya, Shupo-Moting (Xese, 90), Di Mariya

Ogohlantirish: Fofana (27)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют