» » “Mikrokreditbank” ATB Andijonda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuv tashkil etdi

“Mikrokreditbank” ATB Andijonda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuv tashkil etdi


“Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari T.Atamurodov tomonidan 2019-yilning 28-avgust kuni Andijon viloyatining Andijon shahrida hamda Bo‘z tumanida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuv tashkil etdi.

Uchrashuv davomida, tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan yangi farmon va qarorlar, Respublika miqyosida olib borilayotgan ishlar va ustuvor vazifalarni amalga oshirishda banklarning o‘rni va roli to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.Bundan tashqari, tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va bartaraf etish, ularning turmush tarzini yaxshilash, bu borada bank filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan yangi xizmatlar MKB mobayl, mobil bank, onlayn kredit va omonatlar, shuningdek, xorijiy kredit liniyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyozlar borasida ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

150 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan mazkur uchrashuvlarda 24 nafar tadbirkorning murojaatlari o‘rganib chiqildi va 14 nafar tadbirkorning masalalari uchrashuv davomida o‘z yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют