» » Messi jarohat sabab “Barselona”ning navbatdagi o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi

Messi jarohat sabab “Barselona”ning navbatdagi o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi


“Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi katalonlarga La Liganing 3-turida ham yordam bera olmaydigan bo‘ldi.

Kataloniya klubi “Osasuna”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Undan Lionel Messi bilan birgalikda Luis Suares hamda Usmon Dembele ham o‘rin olmagan. Mazkur futbolchilar jarohatini davolash bilan band.

Bundan tashqari mavsum avvalida “Betis”dan xarid qilingan Xunior Firpo ham tizzasidan olgan jarohati sabab qaydnomaga kiritilmagan.

“Barselona”ning “Osasuna”ga qarshi o‘yin qaydnomasi esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

Mark-Andre ter Shtegen, Inyaki Penya, Nelson Semedu, Jerar Pike, Ivan Rakitich, Serji Buskets, Artur, Rafinya, Kleman Langle, Antuan Grizmann, Frenki de Yong, Jordi Alba, Samyuel Umtiti, Mussa Vage, Arturo Vidal, Karles Peres, Anssumane Fati.

Eslatib o‘tamiz, Messi yangi mavsumda “Barselona” safida bitta ham o‘yin o‘tkazmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют