» » O‘zbekistonda xorijiy OTMlar tomonidan masofaviy o‘qitish va 3 yillik sirtqi ta’lim asosida berilgan diplomlar yana tan olinmayapti

O‘zbekistonda xorijiy OTMlar tomonidan masofaviy o‘qitish va 3 yillik sirtqi ta’lim asosida berilgan diplomlar yana tan olinmayapti


MDH davlatlaridagi OTMlar tomonidan masofadan turib yoki sirtqi ta’lim turlari bo‘yicha o‘qishga taklif qilinib, targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ularda o‘qishga qiziqish bildirgan o‘zbekistonlik abituriyentlar va ularning ota-onalari ushbu ta’lim muassasalari diplomlari mamlakatda tan olinishi bo‘yicha savollar bilan murojaat qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda oliy ta’lim, kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda olib boriladi. Amaldagi qonunchilikda oliy ta’lim olish uchun masofaviy ta’lim shakli nazarda tutilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qarori bilan bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida Nizomning 5-bob 36-bandida xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish rad etiladigan holatlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Xususan, mazkur bandda ma’lumot O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa, rad etishga asos bo‘lishi belgilangan. Yuqoridagilarga asosan xorijiy OTMlarda masofadan turib o‘qigani uchun berilgan diplomlar O‘zbekistonda tan olinmaydi.

Bundan tashqari, bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan bakalavriat uchun uch yil yoki undan kam muddatga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga taklif etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli qarori bilan O‘zbekistonda sirtqi ta’limda o‘qish muddati 5 yil etib belgilangan bo‘lib, yuqoridagi nizomning 5-bob 36-bandida xorijiy davlatlarda kasbiy ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq umumiy o‘rta yoki o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam bo‘lsa hujjatlarni tan olish rad etilishi belgilangan.

Shu tariqa, xorijiy OTMlarning bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shaklida 3 yil yoki undan kam muddatda o‘qib olingan diplomlari O‘zbekistonda tan olinmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют