» » Toshkent hokimligi bu yilgi bayram mushakbozligi tarixdagi eng ko‘pi va eng balandi bo‘lishini ma’lum qildi

Toshkent hokimligi bu yilgi bayram mushakbozligi tarixdagi eng ko‘pi va eng balandi bo‘lishini ma’lum qildi


Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida uyushtiriladigan asosiy bayram mushakbozligi 1-sentabr kuni soat 21:00 da “Xalqlar do‘stligi” saroyining orqa tomonida uyushtiriladi. Mushakbozlikni, har doimgidek, Xalqlar do‘stligi maydonidan tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Shahar hokimligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, bayram munosabati bilan to‘qqiz daqiqa davomida 80 xil rangdagi 2723 ta mushak otiladi. Ularning eng kuchlisi 350 metr balandlikkacha chiqib, nur taratishi aytilmoqda — ta’kidlashlaricha, poytaxt tarixida bu qadar yuqori ko‘tariladigan mushak otilmagan.

Mushaklar Xitoyning China Liuyang Jeeton Fireworks Group kompaniyasi tomonidan keltirilgan bo‘lib, hozirda mushakbozlik uchun tayyorgarlik jarayoni ketmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют