» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi


“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 31-avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilari, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

“Bugun bir haqiqatni katta g‘urur va iftixor bilan aytishga to‘la asosimiz bor: mard va matonatli xalqimiz qanchalik qiyin va og‘ir sinovlarga duch kelmasin, o‘zining mustahkam irodasini namoyon etib, o‘zi tanlab olgan mustaqillik yo‘liga doimo sodiq bo‘lib kelmoqda. Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda”, — deya ta’kidladi Prezident.

“Biz bugun qanday islohotlarni, qanday o‘zgarishlar, qanday yangi loyihalarni amalga oshirayotgan bo‘lmaylik, ularning barcha-barchasi yagona, ulug‘ bir maqsadga qaratilgan. U ham bo‘lsa, mana shu mehnatkash, zahmatkash, olijanob xalqimizni rozi qilish, hayotning barcha sinovlarini matonat bilan yengib yashayotgan vatandoshlarimizning ishonchini oqlash, og‘irini yengil qilishdan iboratdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident o‘z nutqida sud-huquq tizimini takomillashtirish, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish borasidagi ishlarning mohiyati va natijalari haqida to‘xtalgan. Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllangani, hududlarni obod qilish, aholining hayot sifatini oshirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagan.

“Bugun bir fikrni qat’iyat bilan ta’kidlashni zarur deb bilaman: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi. Biz mana shu yorug‘ kunlar uchun kurashib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va ishonch ko‘zi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati — mustaqillik va istiqlol yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz! O‘z maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!”, — dedi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют