» » Eldor Shomurodov dublga erishgan o‘yinda “Rostov” “Lokomotiv”ni mag‘lub etib, RPLda yetkachiga aylandi (video)

Eldor Shomurodov dublga erishgan o‘yinda “Rostov” “Lokomotiv”ni mag‘lub etib, RPLda yetkachiga aylandi (video)


31-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya Premyer ligasining 8-turida Valeriy Kaprin boshliq “Rostov” klubi Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 41 va 58-daqiqalarida O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov dublga erishgan bo‘lsa, 81-daqiqaga kelib moskvaliklar yarim himoyachisi Anton Miranchuk hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa “Rostov” mehmonda kechgan bahsda Shomurodovning dubli evaziga “Lokomotiv”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Rostov” ochkolari sonini 17 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalidagi yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

Qayd etish joiz, Eldor joriy mavsum Rossiya chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi.

RPL

8-tur bahsi

31-avgust, shanba

Gollar: 0:1 — 41 Shomurodov, 0:2 — 58 Shomurodov, 1:2 — 81 Miranchuk

“Lokomotiv”: Gilyerme, Ribus, Chorluka, Xevedes, Ignatyev, Barinov, Krыxovyak, Miranchuk (Joau Mariu, 30), Miranchuk, Jamolitdinov (Jorjevich, 60), Smolov.

“Rostov”: Baburin, Chernov, Sigurdsson, Kozlov, Chistyakov, Yeremenko, Normann, Saplinov (Logashov, 67), Ionov (Zuyev, 87), Popov (Bayramyan, 60), Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Normann (26), Yeremenko (39), Rыbus (64), Logashov (88), Ignatyev (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют