» » Video: Prezident Shavkat Mirziyoyev Allohdan O‘zbekistonga tinchlik, xalqqa farovonlik so‘rab duo qildi

Video: Prezident Shavkat Mirziyoyev Allohdan O‘zbekistonga tinchlik, xalqqa farovonlik so‘rab duo qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni erta tongda Toshkentdagi Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.

Davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berganidek, xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘lib o‘tgan. Muloqot so‘ngida Prezident Shavkat Mirziyoyev duo qilgan.

Prezident duo o‘qiyotgan kadrlar “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi.

Ilohim bugun qilgan hamma duoi fotihalarimizdan shahid ketgan milllatimiz farzandlarining ruhlari shod bo‘lsin! Mana shu tinchlik, osoyishtalikning qadriga yetib, tilimizda emas, dilimizda, harakatimizda shukronalikka zamin yaratib harakat qilish hammamizga nasib qilsin! Ilohim yurtimiz tinch bo‘lsin! Ilohim xalqimizning — ulug‘-ulug‘ yo‘llarda turibdi, katta-katta niyatlar qilyapti — niyatlari ijobat bo‘lsin! Xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilgan hamma rahbarlarimiz, ulamolarimizga Xudo taoloning o‘zi kuch bersin, qudrat bersin! Kelgusi yili shu kunlarga ham sog‘-salomat, yurtimiz tinch, xalqimiz rozi, osmonimiz musaffo bo‘lishiga, shu kunlarga yetishga, Xudo taolo, o‘zing madadkor bo‘l! Hammamizga sihat-salomatlik, tinchlik, osoyishtalik bo‘lsin, ilohim!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют