» » Bundesliga. Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda g‘alabaga erishdi, “Borussiya D” esa mag‘lub bo‘ldi (video)

Bundesliga. Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda g‘alabaga erishdi, “Borussiya D” esa mag‘lub bo‘ldi (video)


31-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 3-turi doirasida 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Niko Kovach boshliq Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Mayns”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 6-daqiqasidayoq mehmon jamoa yarim himoyachisi Jan-Pol Boetiyus hisobni ochdi (1:0). Myunxenliklardan esa Benjamen Pavar (36), David Alaba (45), Ivan Perishich (54), Kingsli Koman (64), Robert Levandovski (51) hamda Alfonso Devis (80) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘yin yakuniga ko‘ra, “qizillar” o‘z uyida “Mayns” ustidan yirik 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shu kuni Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Union Berlin” maydoniga safar qildi.

Bellashuv davomida Berlin klubi vakillari Marius Byulter (22, 50) hamda Sebastyan Andersson (75) tomonidan kiritilgan gollarga “arilar” Pako Alkaserning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Borussiya Dortmund” mehmonda kechgan bahsda “Union Berlin”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, Dortmund klubi 6 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

3-tur bahslari

30-avgust, juma

Gollar: 0:1 — 38 Verner, 0:2 — 48 Verner, 1:2 — 90 Embolo, 1:3 — 90 Verner

31-avgust, shanba

Gollar: 0:1 — 6 Boetiyus, 1:1 — 36 Pavar, 2:1 — 45 Alaba, 3:1 — 54 Perishich, 4:1 — 64 Koman, 5:1 — 78 Levandovski, 6:1 — 80 Devis

Gollar: 0:1 — 12 Kauli, 1:1 — 56 Brekalo

Gollar: 1:0 — 40, avtogol Chixos, 1:1 — 52 Modest, 1:2 — 90 Sxiri

Gollar: 1:0 — 38, avtogol Shtark, 2:0 — 48, avtogol Rekik, 3:0 — 85 Kenni

Gollar: 1:0 — 22 Byulter, 1:1 — 25 Pako Alkaser, 2:1 — 50 Byulter, 3:1 — 75 Andersson

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2019, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют