» » Artel kompaniyasi barchangizni Mustaqillik bayrami bilan qutlaydi

Artel kompaniyasi barchangizni Mustaqillik bayrami bilan qutlaydi


Qadrli hamyurtlar, Artel kompaniyasi barchangizni eng ulug‘ va aziz ayyom — Mustaqillik kuni bilan chin ko‘ngildan tabriklaydi. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga qut-baraka tilaydi. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlaringizga omad doimo yor bo‘lishini tilab qoladi.

Azizlar, yurtimiz mustaqillikka erishganiga 28 yil bo‘ldi. Bu yillar davomida Vatanimizda buyuk o‘zgarishlar yuz berdi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanib borayotgan, dunyo arenasida o‘z munosib o‘rnini egallagan, ulkan potensialga ega bo‘lgan davlatga aylangan.

Aytish joizki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘z taraqqiyot yo‘lini aniq belgiladi. Demokratik yangilanish, modernizatsiyalash, iqtisodiyot, siyosat va ta’lim-tarbiya sohalarida chuqur islohotlar olib borish yo‘liga qadam qo‘ygan davlatimiz bugunda gullab-yashnamoqda, fuqarolik jamiyatimiz oliy darajada rivojlangan, yosh avlodimiz esa barkamol, jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va yuksak intellektual salohiyatiga ega.

Alohida ta’kidlash joizki, oxirgi yillar davomida o‘tkazilgan reformalar iqtisodiyotimizning jadal rivojlanishiga olib keldi. Bundan tashqari ushbu reformalar davlatimiz va fuqarolarimiz orasida oliy darajada ochiq, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllanishiga katta imkoniyatlar yaratdi.

Mustaqillik yo‘lida xalqimiz yuksak insoniylik fazilatlarini namoyish etdi, yurtimiz aholisiga xos bo‘lgan mardlik bilan barcha qiyinchliklarni yengib o‘tdi. Aynan shu sababli ushbu kun barchamiz uchun o‘zgacha qadr-qimmatga ega. Aziz do‘stlar, Artel kompaniyasi barchangizni Mustaqillik ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.

Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz esa omon bo‘lsin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют