» » Shavkat Mirziyoyev: Erkinlik, ochiqlik, oshkoralik sharoitida ishlashga o‘rganishimiz lozim. Barcha rivojlangan davlatlar shunday yashamoqda

Shavkat Mirziyoyev: Erkinlik, ochiqlik, oshkoralik sharoitida ishlashga o‘rganishimiz lozim. Barcha rivojlangan davlatlar shunday yashamoqda


“Jaholatga qarshi — ma’rifat” g‘oyasi faqat diniy tarbiya bilan bog‘liq ishlarda emas, balki hayotning barcha sohalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu fikr Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda bildirildi.

Albatta, hayot bor ekan, uning o‘tkir talablari, muammolari bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Lekin har qanday muammoni oqilona hal qilish uchun, avvalo, birlik, hamjihatlik zarur.

Barchamizga, ayniqsa, rahbar va yetakchilarga chuqur bilim, aql-zakovat, sabr-toqat kerak. Shuning uchun “Jaholatga qarshi — ma’rifat” degan fikrda katta ma’no bor. Bu g‘oya faqat diniy tarbiya bilan bog‘liq ishlarda emas, balki hayotimizning barcha sohalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Har bir masalani ma’rifat asosida chuqur o‘ylab, xalqqa hurmat bilan, takror va takror aytaman, odamlar fikrini inobatga olib, faqat qonun va adolat mezoniga tayangan holda hal etsak, el-yurtimiz bizdan albatta rozi bo‘ladi.

Bugun zamon o‘zgardi. Endi hammamiz erkinlik, ochiqlik, oshkoralik sharoitida ishlashga o‘rganishimiz lozim. Barcha rivojlangan davlatlar, dunyo hamjamiyati shunday yashamoqda.

Davrning, hayotning keskin talablaridan orqada qolmaslik uchun barchamiz har kuni o‘qib-o‘rganishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz, bilim va saviyamizni doimo oshirib borishimiz kerak.

Bizning tomirlarimizda ulug‘ ajdodlarimizning qoni oqmoqda. Buyuk bobolarimizning munosib izdoshlari va davomchilari bo‘lish biz uchun ham qarz, ham farz, desam, o‘ylaymanki, barchangiz bu fikrga qo‘shilasiz.

O‘z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o‘zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – to‘g‘ri tarbiya va amaliy namuna demakdir.

Shu kunlarda o‘zining fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib, barchaga namuna bo‘layotgan yurtdoshlarimizga markazda va joylarda davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari tantanali ravishda topshirilmoqda.

El-yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilib, xalqimiz o‘rtasida katta obro‘-e’tibor topgan ana shunday vatandoshlarimizni o‘z nomimdan, sizlarning nomingizdan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimizni bildirishga ruxsat etgaysiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mustaqillikning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqdan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют