» » Shavkat Mirziyoyev: Bu yilgi saylovlar O‘zbekistonning mustaqilligini yanada mustahkamlashda muhim amaliy qadam bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev: Bu yilgi saylovlar O‘zbekistonning mustaqilligini yanada mustahkamlashda muhim amaliy qadam bo‘ladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga mas’ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon ham doimo davlatning e’tibor markazida bo‘lishini ma’lum qildi. Davlat rahbari bu haqda Mustaqillikning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida to‘xtalib o‘tdi.

Hammamizga yaxshi ma’lumki, oldimizda katta siyosiy voqea turibdi. Shu yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Bu saylovlar milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, O‘zbekistonni dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarishda yana bir muhim amaliy qadam bo‘ladi.

Bu saylovlar butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etib, ular uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, deb ishonaman.

Bugungi kunda qancha-qancha bilimli, nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olgan, chet tillarni, zamonaviy boshqaruv usullarini yaxshi biladigan navqiron yoshlar hayotimizga kirib kelmoqda.

Ular bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Shuning uchun yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish, ularga mas’ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Aziz farzandlarimiz el-yurtimizning ana shunday yuksak e’tiboriga munosib bo‘lib, o‘z salohiyati bilan, milliy g‘oyamizga sadoqati bilan O‘zbekistonimizni butun dunyoga tarannum etishlariga ishonaman va bu yo‘lda ularga baxt va omad tilayman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mustaqillikning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqdan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют