» » Andijon viloyati rahbarlarini tanqid ostiga olgan jurnalistga o‘lim bilan tahdid qilishdi

Andijon viloyati rahbarlarini tanqid ostiga olgan jurnalistga o‘lim bilan tahdid qilishdi


Jurnalist Xurshid Daliyev Andijon viloyatidagi mutasaddilarni tanqid ostiga olgach, ismi-sharifi noma’lum shaxs unga o‘lim bilan tahdid qila boshlagan. Bu haqda jurnalistning o‘zi “Human.uz” saytida bayonot bilan chiqdi.

Yaqinda Andijon shahridagi maktablarda ishlovchi “boshi ochiq” ayollarning sirli ro‘yxati haqida yozgandim. Tan olish kerak, bu ro‘yxat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan Xalq ta’limi vazirligi unchalik ishonarli chiqmagan bo‘lsa-da, ro‘yxat “ichki ishlar idoralariga nomzod kadrlar rezervi uchun” kerak bo‘lganini aytdi.

So‘ngi kunlarda Andijonda yuz bergan hodisalar esa (o‘ylaymanki, gap nimada ekanligini tushundingiz) ro‘yxat aslida nima uchun kerak bo‘lganligiga signaldek tuyuldi menga. Qolaversa, aynan shu ro‘yxatning ortidan men turli tazyiq va tahdidlarga uchramoqdaman.

13-avgust kuni tungi soat 1:00 ga yaqin telefonimga +998 93 062 95 25 raqamidan noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini tanishtirmay, biror bir sababsiz meni turli yomon va kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab, o‘ldirib yuborish bilan tahdid qildi. U Andijondagi mavjud muammolarni OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim orqali yoritayotganimni “vatanga xiyonat”ga tenglashtirdi.

Chora ko‘rishlarini so‘rab, Bosh prokuratura va IIVga murojaat qilgandim. Arizalarim aylanib-aylanib Namangan shahar ichki ishlar idorasiga borib tushibdi. O‘rganishyapti shekilli, har holda ahyon-ahyonda qo‘ng‘iroq qilib, uni-buni so‘rab turishipti. Eng qizig‘i, tahdid qilgan odamning raqami aniq. Uni topish qiyin bo‘lmasa kerak, degan yaxshi fikrdaman. Axir biz tosh asrida yashamayapmiz-ku, to‘g‘rimi?!

Umid qilamanki, jurnalistik faoliyatimga to‘sqinlik qilishga uringan va haqoratlagan shaxslar aniqlanib, qonun oldida javob beradi.

Xurshid Daliyev, jurnalist



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют