» » “Liverpul” APLdagi rekordini o‘rnatdi

“Liverpul” APLdagi rekordini o‘rnatdi


Yurgen Klopp shogirdlari Angliya Premyer Ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Byornli”ga qarshi safar o‘yinida (3:0) g‘alaba qozondi.

Natijada Mersisayd klubi musobaqa doirasidagi ketma-ket 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu esa “Liverpul”ning Premyer Ligadagi rekordi hisobalanadi.

“Qizillar” 2019-yil martidan beri mag‘lub bo‘lmadi. O‘tgan mavsum hisobidan 9 ta, amaldagisidan esa ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alabaga erishildi.

Ayni damda “Liverpul” musobaqa jadvalida 12 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Klopp jamoasi o‘tgan mavsum 99 ochko bilan 1-o‘rinni 100 ochko jamg‘argan “Manchester Siti”ga boy bergan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют