» » JCh—2018. Yaponiya va Saudiya Arabistoni mundialga yana bir qadam tashladi. Avstraliya O‘zbekiston kabi uchinchi

JCh—2018. Yaponiya va Saudiya Arabistoni mundialga yana bir qadam tashladi. Avstraliya O‘zbekiston kabi uchinchi


Rossiya mundiali uchun Osiyo saralashining “B” guruhida ham 3 ta terma jamoa 7-turdan keyin alohida ajralib chiqdi.

Avstraliya o‘z maydonida BAA ustidan 2:0 hisobida zafar quchgach, Amirliklar termasi ustozi Mahdi Ali o‘z lavozimini tark etdi. Uning shogirdlari kelasi turlarda nisbatan kuchsizroq bo‘lgan Tailand, Iroq va Saudiya bilan bellashsa ham, Mahdiga imkoniyat berilmadi.

Yaponiya esa Tailand ustidan yirik hisobda zafar quchib, to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bunga qadar saudiyaliklar bu borada yetakchi bo‘lib turgandi.

O‘z navbatida “sahro lochinlari” ham 3 ochkoni qo‘lga kiritib, Iroq darvozasiga javobsiz 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlarning ilk uchrashuvida 2:1 hisobida saudiyaliklar ustun kelgandi.

Voqealar rivoji shunday davom etsa, O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari pley-offda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.

JCh—2018. Osiyo
“B” guruhi. 7-tur
28-mart, seshanba

Gollar: Jekson Irvin, 7 (1:0). Metyu Lekki, 78 (2:0).

Gollar: Sindzi Kagava, 8 (1:0). Sindzi Okazaki, 20 (2:0). Yuya Kubo, 57 (3:0). Maya Yoshida, 83 (4:0).
Noaniq penalti: Teyerasil Dangda, 86 (T).

Gol: Yaxyo Ash-Shahri, 53 (1:0).

Опубликовано: admin (29-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют