» » La Liga. “Real” mehmonda “Vilyarreal”ni mag‘lub eta olmadi, “Atletiko”da esa g‘alaba (video)

La Liga. “Real” mehmonda “Vilyarreal”ni mag‘lub eta olmadi, “Atletiko”da esa g‘alaba (video)


1-sentabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 3-turida 4 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Vanda Metropolitano”da “Eybar”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Joau Feliks (27), Vitolo (52), Tomas Parti (90) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, “Eybar”dan Sharles Dias (7), Anais Arbilya (19) Yan Oblak darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “matraschilar” o‘z maydonida “Eybar”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng madridliklar ochkolari sonini 9 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 100 foizlik natija bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” jamoasi “Vilyarreal” maydoniga safar qildi.

Bellashuvda “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Garet Beyl (45, 86) dublga erishgan bo‘lsa, mezbonlardan Jerar Moreno (12) va Moyses Gomes (74) o‘z nomiga bittadan golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa Madrid klubi mehmonda “Vilyarreal” bilan 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.

Mazkur bahsdan so‘ng “Real” 5 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

3-tur natijalariga ko‘ra, musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

3-tur bahslari

31-avgust, shanba

Gollar: 1:0 — 24 Molina, 1:1 — 31 Xoselu

Gollar: 1:0 — 83 Leon, 2:0 — 90 Morales

Gollar: 0:1 — 50 Breytueyt, 1:1 — 54 Moron, 2:1 — 61 Fekir

1-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 43, penalti Parexo, 2:0 — 57, penalti Parexo

Gollar: 0:1 — 7 Sharles, 0:2 — 19 Arbilya, 1:2 — 27 Joau Feliks, 2:2 — 52 Vitolo, 3:2 — 90 Tomas

Gollar: 0:1 — 13 Puertas, 0:2 — 68 Fernandes, 0:3 — 74 Aziz

Gollar: 1:0 — 12 Jerar Moreno, 1:1 — 45 Beyl, 2:1 — 74 Moyses Gomes, 2:2 — 86 Beyl

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют