» » O‘zbekistonlik rejissor Anvar Safoyev qisqa metrajli yangi filmini Kann kinofestivalida taqdim etadi (foto)

O‘zbekistonlik rejissor Anvar Safoyev qisqa metrajli yangi filmini Kann kinofestivalida taqdim etadi (foto)


O‘zbekistonlik rejissor Anvar Safoyev 70-Kann kinofestivalining Short Film Corner dasturida o‘zining yangi “Shamollar atirguli” (Compass Rose) nomli qisqa metrajli filmi bilan qatnashadi, deya xabar bermoqda MyDay.

Filmda Fransiya va Amerika aktyorlari rol o‘ynadi, bular — Laurent Paris, Jenny Lander, Les Brandt, Sophie Venecia Reyes, James Macpherson, Claire Younsi.

Anvar Safoyev hikoya qilishicha, u Laurent Paris bilan 2014-yilgi 68-Kann kinofestivali chog‘ida dengiz sohilida tasodifan tanishib qolgan. Keyinroq uning taklifi bilan film suratga olishga qaror qilgan.

Qisqa metrajli film 2016-yil 13—24-avgust kunlari Janubiy Kaliforniya (AQSh)ning Newberry Springs shaharchasida suratga olingan.

Film 24-may kuni Kann festivali zalida namoyish etiladi. Shuningdek, film festivalning “Tanqid haftaligi” va “Rejissorlarning ikki haftaligi” dasturlariga ham topshirilgan.

Anvar Safoyev 1988-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat san’at va madaniyat institutining kino va televideniye rejissorligi” bo‘limini tugatgan. Uch yildan buyon Fransiyada yashab, ijod qilmoqda. Kann va boshqa festivallarda qatnashib bo‘lgach, Anvar Toshkentga qaytib, o‘zbek kinematografini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют