» » Kattaqo‘rg‘onda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘onda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi


Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida 31-avgust kuni soat 05:30 larda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashagan 30 yoshli A.B. Nexia avtomashinasini Kattaqo‘rg‘on tumani “Balandravot” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 21 yoshli E.G‘. boshqaruvidagi “KamAZ” yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 28 yoshli singlisi N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют