» » O‘zbekistonda hafta davomida havo salqin bo‘ladi, vodiyda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda hafta davomida havo salqin bo‘ladi, vodiyda yomg‘ir yog‘ishi mumkin


Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda 2—5-sentabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—4 sentabrda 12—17, 5-sentabrda 8—13, kunduzi 2-sentabrda 25—30 daraja issiq, 3—5-sentabrda esa 20—25 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2- va 5-sentabrda 12—17, 3—4-sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 28—33 daraja issiq bo‘ladi. 4—5-sentabrda 23—28 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5-sentabrda 12—17, 3—4-sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 27—32, 4—5-sentabrda 23—28 bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentabrda 13—18, 3—5 sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 30—35, 4—5-sentabrda 28—33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 2-sentabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3—5-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—3-sentabrda 13—18, 4—5-sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 25—30, 4—5-sentabrda 23—28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, 2—3-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4—5-sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentabrda 10—15, 3—5-sentabrda 8—13, kunduzi 2—3-sentabrda 17—22, 4—5-sentabrda 15—20 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют