» » Polsha prezidenti dunyo Ikkinchi jahon urushidagi fojiadan xulosa chiqarmaganini ta’kidladi

Polsha prezidenti dunyo Ikkinchi jahon urushidagi fojiadan xulosa chiqarmaganini ta’kidladi


Polsha prezidenti Anjey Duda Ikkinchi jahon urushi boshlangan kunga 80 yil to‘lishi munosabati bilan Varshavada o‘tkazilgan marosimda “dunyo fojiadan xulosa chiqarmagani”ni ta’kidladi, deb xabar beradi “Kommersant”.

“O‘sha mash’um harbiy nizo 50, ayrim manbalarga ko‘ra, 80 million odamni o‘z domiga tortdi. Bu zamonaviy insoniyat tarixidagi eng qo‘rqinchli voqea. Biz buni unutmaymiz va unutmasligimiz kerak. Shuning uchun bu yerga yig‘ildik”, — deydi prezident. Duda o‘z chiqishida boshqa hech qachon urush bilan to‘qnashmaslik uchun “har qanday harbiy tajovuzga” keskin javob qaytarish lozimligini ta’kidladi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganligining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning asosiy qismi Varshavada bo‘lib o‘tdi. Unda qirqdan ortiq delegatsiyalar, jumladan, 20 ga yaqin mamlakat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi. Polsha ushbu marosimga Rossiyani taklif etmagan. Ushbu qaror Rossiya tomoni “tarixiy haqiqat ruhini saqlab qolishga” qiziqmayotgani bilan izohlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют