» » Ra’no Yarasheva hamkasblaridan biri uni “o‘ldi”ga chiqargani haqida so‘zlab berdi

Ra’no Yarasheva hamkasblaridan biri uni “o‘ldi”ga chiqargani haqida so‘zlab berdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva va uning qizi, xonanda hamda aktrisa Madina Mumtoz jurnalist Jasur Hamroyev bilan Facebook live orqali muloqot qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Muloqot jarayonida Ra’no Yarasheva dushmanlari haqida gapirar ekan, hamkasblaridan biri uni “o‘ldi”ga chiqargani haqida so‘zlab berdi.

“1998-yil. Men o‘sha yili ‘Nodirabegim’ videofilmda Nodirabegim rolini ijro etganman. O‘sha rolni yana bir inson o‘ynamoqchi bo‘lgan ekan. Meni bundan xabarim yo‘q edi. U aktrisa bizning teatrimizdan emas, umuman san’at sohasidan. O‘shanda Madina 8 yoshda edi. Uyga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Go‘shakni Madina ko‘targan. Avvaliga undan hol-ahvol so‘rashgan, keyin ‘Oying yo‘lda avariya bo‘lib, o‘ldi’, deyishgan”, — dedi Ra’no Yarasheva.

“Eshitganlarimdan shok holatiga tushdim. Lekin o‘zimni yo‘qotmay, xolamga telefon qildim. Xolam yetib kelgunicha, rosa yig‘laganman”, — deb onasining so‘zlarini davom ettirdi Madina.

“Kechki payt uyimga yetib kelsam, qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilgan, singillarim kelgan. Samarqandga ham mening o‘lganim haqida xabar berishgan. Qo‘shnilarim ‘O‘zingizga hech narsa qilmadimi, mashinangizga hech narsa qilmadimi?’ deb so‘rashgan. Men ular nima haqida gapirayotganini anglolmay, uyga yugurib chiqsam, Madina meni ko‘rib, yanayam qattiqroq baqirib yig‘lagan”, — deb xotirlaydi Ra’no Yarasheva.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют