» » Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini namoyishchilar qarshi chiqqan IIV rahbari egallashi mumkin

Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini namoyishchilar qarshi chiqqan IIV rahbari egallashi mumkin


Gruziya bosh vaziri Mamuka Baxtadze Facebook’dagi sahifasida egallab turgan lavozimidan iste’foga chiqishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Parlament yetakchisi Georgiy Volskiyning ta’kidlashicha, bosh vazirlikka yangi nomzod 3-sentabr kuni e’lon qilinadi.

Avvaloq OAVlar Gruziya hukumatining yangi rahbari etib mamlakat IIV rahbari Georgiy Gaxariya tayinlanishini taxmin qilgan edi.

Tbilisida iyun-avgust oylarida hukumatga qarshi o‘tkazilgan mitingda ishtirok etgan minglab odamlar IIV rahbari Georgiy Gaxariyaning iste’fosini talab qilgan.

Tbilisidagi noroziliklar sharoitida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qaroriga ko‘ra, 8-iyuldan boshlab Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar cheklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют