» » O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsulxonasi ochildi

O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsulxonasi ochildi


Qozog‘istonning Aqtau shahrida 30-avgust kuni O‘zbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. TIV matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, tadbirda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev, Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimi Serikbay Trumov, bosh konsul Nodirjon Turg‘unov ishtirok etgan va nutq so‘zlagan.

O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligiga hamda yangi diplomatik vakolatxonaning ochilishiga bag‘ishlangan rasmiy marosim va qabulda Eron, Ozarbayjon, Turkmaniston va Turkiyaning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonalari rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari hamda o‘zbek, qoraqalpoq etnik-madaniy uyushmalari rahbarlari ham qatnashgan.

“Tadbir doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taqdimoti tashkillashtirildi”, — deyiladi TIV axborotida. 31-avgust kuni Bosh konsulxonada O‘zbekistondan Mang‘istau bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan va 2,5 million dollarlik dastlabki kelishuvga erishilgan.

Aqtaudagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi. Bosh konsulxona quyidagi manzilda joylashgan: 130000, Qozog‘iston, Aqtau shahri, 30-mikrorayon, 83/1-uy, telefonlar: +77292777117, +77775990050, +77775990051.

Ma’lumot uchun, 2019-yil iyunida Nodir Turg‘unov O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli etib tayinlangan edi. Aqtauda bosh konsullik ochilishini esa O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev 2019-yil may oyida ma’lum qilgandi.

“Nega endi Aqtau? Shahar Qoraqalpog‘iston va Xorazmga qo‘shni bo‘lgan hamda mehnat muhojirlari Rossiyaga yo‘l olganda o‘tadigan Mang‘istau viloyatining ma’muriy markazi. Aqtau Qozog‘istonning tez rivojlanayotgan hududlari qatoriga kiradi. Eng muhimi, bu yerda Kaspiy dengiziga olib chiqadigan ikki port, ‘Shevron’ kabi ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari joylashgan”, — deb izohlagandi elchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют