» » O‘zbekistonda dam olish kunlari 1200 ga yaqin fuqaro propiskadan chiqarishlarini so‘rab murojaat qildi

O‘zbekistonda dam olish kunlari 1200 ga yaqin fuqaro propiskadan chiqarishlarini so‘rab murojaat qildi


O‘zbekiston ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan dam olish kunlari — 31-avgust va 1-sentabrda 12 558 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatildi, deya xabar bermoqda IIV.

Xususan, shu ikki kunda 1 662 nafar fuqaro biometrik va xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaat qilgan, ayni vaqtda 3 606 nafar fuqaroga biometrik va xorijga chiqish pasportlari taqdim etilgan.

31-avgust—1-sentabr kunlari chet el fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan 1039 nafar shaxs vaqtincha propiska qilish yuzasidan murojaat qilgan bo‘lsa, 2 016 nafar fuqaro manzil-ma’lumot byurosidan tekshirilgan.

Shuningdek, dam olish kunlari 3 055 nafar fuqaro propiska qilish yuzasidan, 1 180 nafar fuqaro esa propiskadan chiqarish yuzasidan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga murojaat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют