» » Otabek Umarov mushakbozlik fonida rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi

Otabek Umarov mushakbozlik fonida rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi


Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Toshkentdagi bayram mushakbozligi fonida rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi. Videoga: “Mustaqillik bayramimiz yana bir bor barchamizga muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!”, — degan tilak ilova qilingan.

Shahnoza Mirziyoyeva — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizidir. U ayni vaqtda Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib bormoqda.

Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov rasman Prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat olib bormoqda. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam oilaviy suratlarni e’lon qilib boradi.

Mavzuga doir: “Qonun barcha uchun barobar”. Otabek Umarov Tesla avtomobilida tezlikni oshirgani uchun 1,8 mln so‘m jarima to‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют