» » O‘zbekistonda avgust oyida iste’mol bozoridagi narxlar o‘rtacha 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda avgust oyida iste’mol bozoridagi narxlar o‘rtacha 2,9 foizga o‘sdi


O‘zbekistonda 2019-yilning avgust oyida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 foizni tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, umumiy hisobda 2019-yilning yanvar—avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 foizga qimmatlashgan.

2018-yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, 2018-yilning avgustida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga qimmatlashib, 2017-yilning dekabr oyiga nisbatan 6,2 foizga, 2017-yilning avgustiga nisbatan esa 15,7 foizga qimmatlashgan.

2018 va 2019-yillarning yanvar—avgust davrlaridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasi ko‘tarilgan, keyingi ikki oy davomida esa narxlar pasaygan, avgust oyida iste’mol narxlari indeksi 100 foizlik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan.

Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral—iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tafovut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019-yillarning yanvar oylarida 2,7 foizga qarshi 1,5 foiz, 2018 va 2019-yillarning avgust oylaridagi ko‘rsatkichlar 0,3 foizga qarshi 2,9 foizni tashkil etgan).

O‘tgan oyga nisbatan so‘nggi 1 yil 8 oy davomidagi iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishi dinamikasi tahlillariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksining o‘sish sur’ati joriy yilning avgust oyida maksimal darajani tashkil etdi (2,9 foiz). Shuningdek, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar 2018-yilning yanvar, noyabr hamda dekabr oylarida ham qayd etilgan (2,7 foiz, 2,3 foiz va 2,1 foiz).

O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019-yillarning birinchi sakkiz oyi davomidagi iste’mol narxlari indeksi natijalariga asosan, taqqoslanayotgan davrlardagi o‘rtacha narxlar darajasining eng yuqori ko‘rsatkichlari 2018-yilning may oyida (106,6 foiz), 2019-yilning avgust oyida (108,2 foiz) qayd etilgan.

Umumiy hisobda 2018-yilning yanvar oyidan 2019-yilning avgust oyiga qadar yillik iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlarining minimal darajasi 2019-yilning yanvar oyida (113,0 foiz), maksimal natija 2018-yilning yanvar oyida (120,1 foiz) qayd etilgan.

Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich dinamikasini o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018-yil davomidagi uzoq muddatli pasayish tendensiyasi hamda 2019-yilning yanvar—iyul oylarida narxlar nisbatan barqaror saqlanib, yillik iste’mol narxlari indeksi ko‘tarilish tomon harakatlandi (2019-yilning avgust oyidagi ko‘rsatkich 16,5 foiz, 2019-yilning iyul oyida 13,5 foiz).

Yirik guruhlar bo‘yicha narxlar o‘zgarishiga ko‘ra, 2019-yilning avgust oyi natijalariga asosan oy davomida tovarlar narxlari o‘rtacha 2,2 foiz, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,1 foizga ko‘tarildi. Xizmatlar narxlari oy davomida 5,6 foizga qimmatlashdi. Taqqoslash uchun, 2018-yilning avgustida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 0,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foiz, xizmatlar esa 0,4 foizga qimmatlashgan

Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar—avgust oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 6,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,8 foiz, xizmatlar 11,5 foizga qimmatlashgan. Yillik ko‘rinishda (2019-yil avgust oyi 2018-yilning avgust oyiga nisbatan) oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 19,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 11,5 foiz, xizmatlar 18,6 foizga ko‘tarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют