» » Chilonzorda Matiz va “Gazel” to‘qnashuvi oqibatida uch kishi jarohatlandi. Ulardan biri — uch yashar bola

Chilonzorda Matiz va “Gazel” to‘qnashuvi oqibatida uch kishi jarohatlandi. Ulardan biri — uch yashar bola


Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Chilonzor tumanidagi Guliston ko‘chasi bilan kesishgan qismida 27-avgust kuni soat 7:40 da Matiz mashinasi va “Gazel” mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan, deya xabar bermoqda IIV.

Zangiota tumanida yashovchi 30 yoshli A.J. svetoforning qizil chirog‘i talabiga bo‘ysunmay, Matiz mashinasini yo‘lga haydab chiqqan va chap tomondan kelayotgan, salonida 10 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, 36 yoshli haydovchi R.F. boshqaruvidagi “Gazel” bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Gazel” haydovchisi hamda ikki yo‘lovchisi — 40 yoshli D.A. ismli ayol va uning uch yashar o‘g‘li tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. “Dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV xabarida.

Avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda O‘zbekiston yo‘llarida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2262 kishi halok bo‘lgan (2017-yilda qurbonlar soni 2473 nafar edi). Ularning 1031 nafari piyodalardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют