» » Rossiyalik millioner teleshou efirida itlar uchun boshpanaga 500 ming rubl xayriya qildi

Rossiyalik millioner teleshou efirida itlar uchun boshpanaga 500 ming rubl xayriya qildi


Rossiya telekanallaridan birida namoyish etilayotgan yangi “Sirli millioner” teleshousi efirida tadbirkor Maksim Faldin Kaliningraddagi itlar uchun boshpanaga yarim million rubl xayriya qildi, deb yozadi “Vesti.ru”. Yana yarim million rublni millioner zoomehmonxona qurishga sarflashga va’da berdi.

Yangi teleshou qahramoni notanish shaharda uysiz odam sifatida besh kun yashab, o‘zi eng ehtiyojmand deb topgan kishilarga yordam berishi kerak edi. Maksim Faldinni Kaliningradga yuborishdi, u yerda millioner bolalar uchun reabilitatsiya markazida ko‘ngilli bo‘lib ishladi, yosh nogironlar uyushmasiga va itlar uchun boshpanaga tashrif buyurdi.

Faldin mahalliy fuqarolardan biriga serviz va sanatoriyaga yo‘llanma, yetimxonaga yangi plita sovg‘a qildi, nogironlar uyushmasi uchun esa uch yillik mobil aloqa to‘lovini to‘lab berdi. Biroq eng katta sovg‘a itlar boshpanasiga nasib etdi. Uning tashkilotchilaridan birini millioner qimmatbaho restoranga taklif qildi va 500 000 rubl solingan konvertni topshirdi.

Bunday qarorga kelishdan oldin Maksim Faldin ushbu boshpanada bir kun ko‘ngilli bo‘lib ishlab ko‘rdi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют