» » Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi


Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati spikeri etib qayta saylandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Senatorlar yashirin ovoz berish jarayonini o‘tkazgan hamda aksariyat ovoz bilan prezident Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan taklif etilgan nomzod Darig‘a Nazarboyani qo‘llab-quvvatlagan.

Senatning saylangan spikeri deputatlarga ishonch uchun minnatdorchilik bildirgan. Darig‘a Nazarboyeva palata spikeri lavozimini parlamentning avvalgi sessiyasida ham egallagan edi.

Yangi ovoz berish jarayoni Nazarboyeva 12-avgust kuni Senat deputati etib tayinlanishi munosabati bilan o‘tkazildi.

Darig‘a Nazarboyeva 1963-yilning 7-may kuni tug‘ilgan. U Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik fani o‘qituvchisi.

Bunga qadar Majlis raisi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Yaqinda parlament Senati deputati etib saylangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют