» » AndroidBozor – TAS-IX hududidagi ilovalar do‘koni

AndroidBozor – TAS-IX hududidagi ilovalar do‘koni


Smartfon va planshetlar uchun ilovalarni, odatda, Google Play Market’dan yoki qurilmamiz ishlab chiqaruvchisi tashkil etgan shu kabi boshqa ilovalar do‘konidan olib o‘rnatamiz. Ammo ba’zida buning noqulayliklari ham bo‘ladi: internet tezligining pastligi sababli sekin ko‘chirilishi, pulli (yoki limitli) tashqi trafikdan megabayt sarflanishi, pulli ilovalarni xarid qilishda to‘lov usulining murakkabligi va hokazo.

Yurtimizdagi foydalanuvchilar uchun shu kabi qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Smart Soft Development mas’uliyati cheklangan jamiyati Android qurilmalar uchun ilovalarning milliy do‘konini tashkil etgan.

AndroidBozor.uz ilovalar marketi loyihasining maqsadi O‘zbekistonda ilovalar elektron bozorini yaratish va mahalliy dasturchilar uchun o‘z mahsulotlarini tarqatish, sotish infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat. Mazkur loyiha 2015-yili o‘z ishini boshlagan bo‘lib, shu kungacha ko‘plab mobil dasturlarni milliy bozorda taqdim etib kelayotir. 2017-mart oyidan boshlab esa bozorda pulli ilovalar sotish va sotib olish uchun mexanizmlar ishlab chiqildi.

Mazkur marketdan ilovalar olib o‘rnatish uchun, avvalo qurilmangizga uning mobil ilovasini ko‘chirib olib o‘rnatishingiz lozim bo‘ladi. So‘ng unda o‘z akkauntingizni yaratib, turli dasturlarni ko‘chirib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Mazkur market interfeysi uch tilda: o‘zbekcha, ruscha va inglizchada taqdim etilgan. AndroidBozor’da ilovalar bir nechta toifalarga ajratilgan holda joylangan, bosh sahifada esa tavsiya etilgan, yangi va ommabop dasturlar ro‘yxati alohida-alohida holda chiqib turadi.

AndroidBozor’ning boshqa chet marketlardan asosiy afzalliklari va imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

– TAS-IX hududida joylashganligi uchun ilovalarni yuklab olish tezligi;

– Android qurilmalar uchun mobil ilovasi mavjudligi;

– Dasturchilar qulay dashboard orqali o‘z dasturlarini bozorga chiqara olishlari;

– Dasturchilar uchun: o‘zlarining ommabop va foydali ilovalarini hamda ilovalarda pulli kontentlarni (In-app Purchases) sotishlari imkoniyati;

– Foydalanuvchilar uchun: milliy to‘lov tizimlari yordamida o‘z hisoblarini to‘ldirishlari va bu orqali pulli kontentlarni sotib olishlari imkoniyati.

Hozirda AndroidBozor loyihasi jamoasi ushbu bozorni yanada rivojlantirish uchun dasturchilarga qulay va zarur bo‘lgan dasturiy kutubxonalar (software libraries)ni mukammallashtirish, obunaviy xaridlar (subscription) mexanizmini yaratish va asosiysi – xorijiy bozorlar bilan hamkorlikda dunyoga mashur Android ilovalar va o‘yinlarni milliy valyuta – so‘mda sotib olish imkoniyatlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (29-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют