» » Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik migrantlar uchun patent joriy etilishi mumkin

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik migrantlar uchun patent joriy etilishi mumkin


Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik migrantlar uchun patent joriy etish rejalashtirilmoqda.

So‘nggi vaqtda Qirg‘izistonda kuzatilayotgan holat shundan iboratki, ushbu mamlakatga qo‘shni O‘zbekistondan tobora ko‘proq kishi mehnat qilish uchun kelmoqda. Ular asosan mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari yoki qurilishlarda ishlashadi.

“Qirg‘iziston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo bo‘lganidan so‘ng, mamlakat aholisi uchun Rossiyada keng imkoniyatlar ochildi. Xususan, ular bu yerda patent rasmiylashtirmasdan ishlash huquqiga ega bo‘ldi”, — deydi Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Kubat Rahimov.

Aksariyat qirg‘izistonliklar ish qidirib Rossiyaga ketgan bir vaqtda o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonga kelib ishlamoqda.

Ushbu vaziyatda Kubat Rahimov Qirg‘izistonga kelib ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari soliq to‘lashi kerak va ular uchun patent joriy etish kerak, deb hisoblaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют