» » Dunyodagi eng qimmat kompaniya — Apple ham, Google ham emas. Bu Saudi Aramco

Dunyodagi eng qimmat kompaniya — Apple ham, Google ham emas. Bu Saudi Aramco


Birja kotirovkalaridan kelib chiqib hisoblansa, dunyodagi eng qimmat kompaniya — bu Apple, u 730 milliard dollar turadi. Uning eng yaqin izdoshlari esa — Alphabet (ya’ni Google, 570 milliard dollar) va Microsoft (503 milliard dollar). Ammo birjada qatnashmaydigan kompaniyalar-chi? Meduza yozishicha, yopiq kompaniyalar orasida Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft gigantigina Apple’ga raqobatchi bo‘la oladi, deb hisoblashadi. Shu hafta u keskin qimmatlashdi va endi bir trillion dollardan ham oshiqroq turishi mumkin.

Saudi Aramco davlat kompaniyasi dunyodagi eng katta neft kompaniyasi ekanligi azaldan ma’lum. Biroq kompaniya aksiyalari birjada sotilmasligi va u qat’iy xalqaro standartlar bo‘yicha hisob bermasligi tufayli, uni xolisona baholab bo‘lmagan.

Bir necha yil avval neft narxi tushganidan so‘ng Saudiya Arabistoni budjetida yuzaga kelgan tanqislik natijasida mahalliy amaldorlar Saudi Aramco’ning 5 foizini sotib, mamlakatni neftga qaramlikdan qutqarishga qaror qildi. Bu kompaniya narxi borasida muhokamalarning yangi to‘lqinini hosil qildi.

Yaqindagina Wood Mackenzie konsultantlari Saudi Aramco’ni 400 milliard dollarga baholadi. Bu ko‘rsatkich bilan u baribir dunyodagi eng qimmat neft giganti bo‘lib qolsa-da, Google va Apple’dan ortda qolar edi.

O‘z neft kompaniyasi potensial qiymatini oshirish uchun, Saudiya Arabistoni 26-mart kuni tarmoqning soliqqa tortilish tartibini o‘zgartirdi. Endi Saudi Aramco budjetga o‘z daromadining 85 foizini emas, 50 foizini topshirishi kerak. Sanford C.Bernstein konsalting kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, bu kompaniyaning sof daromadini 300 foizga ko‘paytiradi. Kompaniya qiymati 1—1,5 trillion atrofida tebranadi, deb hisoblaydi Sanford C.Bernstein. Demak, Saudi Aramco — dunyodagi eng qimmat kompaniya, deya xulosa qiladi Meduza.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют