» » Maktablarda sinflardagi o‘quvchilar sonining belgilanishi aniqlashtirildi

Maktablarda sinflardagi o‘quvchilar sonining belgilanishi aniqlashtirildi


Namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan maktablarda, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida joylashgan maktablarda, shuningdek, o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan maktablarda o‘quvchilar soni sinflarni to‘ldirishning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

O‘quvchi kam bo‘lgan maktablarda (filiallarda) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

— o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I — IV sinflar;

— o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf;

— o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va III, II va IV sinflar).

Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют