» » Mercedes-Benz Sprinter’ni “kelajak avtouyi”ga aylantirishdi

Mercedes-Benz Sprinter’ni “kelajak avtouyi”ga aylantirishdi


Ixcham avtouylar va g‘irdirak ustidagi uylarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Germaniyaning Hymer kompaniyasi sayohatlar uchun mo‘ljallangan VisionVenture nomli shor-karni taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.

Mazkur mashinani yig‘ish uchun 20 turdagi innovatsion materiallardan foydalanilgan bo‘lib, ularning ayrimlari 3D-printerlar yordamida yaratilgan.

Yangi Mercedes-Benz Sprinter bazasida qurilgan kemper ikki kishi uchun mo‘ljallangan. Ko‘tarma tom yotoqxona vazifasini o‘taydi, “Palatka”ning shishirma devorlari qalinligi esa salkam yetti santimetrga teng. Uni sovuq yoki issiq havo bilan 60 soniya ichida to‘ldirish mumkin.

Avtomobil kuzovi to‘q yashil rangli maxsus bo‘yoq bilan qoplangan bo‘lib, bu haroratni mo‘tadillashtirish imkonini beradi: u avtomobil yuzasidagi haroratni 20 daraja Selsiygacha pasaytirib, salon ichini to‘rt darajaga qadar sovutishi mumkin.

Avtouyning “birinchi qavati”da yuvinish xonasi va rakovina joylashgan. Shuningdek, oshxona va “yotoqxona”ga ko‘tarilish mumkin bo‘lgan zinalar diod lampalari bilan yoritilgan. Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari VisionVenture’da yig‘ma elektr barbekyu ham mavjud.

Hymer vakillarining so‘zlariga ko‘ra, besh yildan so‘ng kemperlar xuddi shu ko‘rinishda bo‘ladi. VisionVenture’ning ayrim elementlarini kelajakda seriyali avtouylarniki kabi ishlab chiqarish rejalashtirilgan, biroq u ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют