» » Samarqand viloyatida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

Samarqand viloyatida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi


Samarqand  viloyati, Jomboy tumanining “Beshbola” qishlog‘i hududida Isuzu rusumli avtobus bilan MAN rusumli yuk avtomashinasi  to‘qnashishi yuz berdi.

SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, hodisa 3-sentabr kuni taxminan soat 07:00 da sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 22 nafari  turli darajadagi tan jarohati olgan, 1 nafar yo‘lovchi  voqea joyida vafot etgan.

Tez  tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan. Jami 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida  jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bemorlarga o‘z vaqtida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida sanitar aviatsiya xizmati orqali neyrojarroh, jarroh, travmatolog  kabi qator tajribali mutaxassislar safarbar etildi. Ayni vaqtda yo‘l-transport hodisasi natijasida  jarohatlanganlarning 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining  Samarqand filialiga  davolanish uchun ko‘chirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa  ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan  halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli  tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют