» » Yevropada transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunda qanday transferlar amalga oshirildi?

Yevropada transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunda qanday transferlar amalga oshirildi?


Yevropa milliy chempionatlarida 2-sentabr, seshanba kuni yozgi transferlar oynasi yopildi. “Daryo” transfer oynasining so‘nggi kunida amalga oshirilgan transferlarning eng muhimlarini bitta sahifga joyladi.

Real” darvozaboni Keylor Navas PSJ futbolchisiga aylandi. 32 yoshli Navas parijliklar bilan 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bitim imzoladi. O‘z navbatida qarama-qarshi yo‘nalishda, PSJ posboni Alfons Areolya “Real” safiga kelib qo‘shildi. Fransiya terma jamoasi posboni madridliklar safida bir yil ijarada o‘ynaydi.

“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini PSJda davom ettiradi. 26 yoshli argentinalik futbolchi milanliklar bilan 2022-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi va Parijga ijara asosida yo‘l oldi. Ikardi yangi jamoasida yiliga 8 million yevro maosh oladi. PSJda futbolchini 70 million yevroga sotib olish huquqi bo‘ladi. Shuningdek, PSJ hujumchisi Xese Rodrigesni Lissabonnning “Sporting”iga ijaraga berib yubordi.

“Liverpul” hujumchisi Bobbi Dankan “Fiorentina” futbolchisiga aylandi. “Qizillar” sobiq futbolchisi Stiven Jerrardning jiyani Italiya klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Florensiyaliklar “Fluminense” klubida to‘p surib kelgan hujumchi Pedroni ham o‘z safiga qo‘shib oldi.

“Barselona” ham transfer oynasining so‘nggi kunida faol bo‘ldi. “Barselona” yarim himoyachisi Rafinya Alkantara “Selta”ga ijara asosida yo‘l oldi. “Ko‘k-anorranglilar” futbolchi bilan shartnomani 2021-yilga qadar uzaytirgan.

Katalon klubi “Las-Palmas” yarim himoyachisi Pedri transferini e’lon qildi. 16 yoshli futbolchi “Barselona” bilan “2+2” ko‘rinishidagi shartnoma imzolagan va 2020-yilning yozida jamoaga kelib qo‘shiladi.

“Roma” klubi “Atletiko” hujumchisi Nikola Kalinichni ijaraga oldi. Rimliklar klubida xorvatiyalik futbolchini 9 million yevroga sotib olish huquqi bo‘ladi.

Shuningdek, “bo‘rilar” “Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni ham ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi. 30 yoshli armanistonlik futbolchining ijarasi uchun 3 million yevro to‘laydi.

“Roma” hujumchisi Patrik Shik esa “Leypsig”ga ijaraga berildi. Nemis klubi bir yillik ijara uchun 3,5 million yevro to‘laydi. Shuningdek, “bo‘rilar”da futbolchini 29 millionga sotib olish huquqi bo‘ladi.

Slovakiyalik himoyachi Martin Shkrtel “Itanbul Bashakshehir”ga o‘tdi. Sog‘lig‘idagi muammolar tufayli “Atalanta” bilan shartnomasini bekor qilgan futbolchi turk klubi bilan bir yillik kelishuv imzoladi.

“Milan” yarim himoyachi Alen Halilovichni “Herenven”ga ijaraga berdi. O‘tgan mavsumni “Standard”da o‘tkazgan 23 yoshli xorvatiyalik futbolchi Niderlandiya klubida bir mavsum harakat qiladi.

Milanliklar klubi “Ayntraxt” hujumchisi Ante Rebichni ikki yilga ijaraga oldi. Qarama-qarshi yo‘nalishda “Milan” forvardi Andre Silva frankfurtliklar safiga yo‘l olgan. Silva ham ikki yil ijarada o‘ynaydi.

“Sevilya” meksikalik hujumchi Xavyer Ernandesni “Vest Hem”dan sotib oldi. Chicharito ispan klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi “Monako” hujumchisi Fadamel Falkao bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 33 yoshli o‘yinchining transferi istanbulliklarga tekinga tushdi. Falkao yangi jamoasida yiliga 5 million yevro maosh oladi.

“Galatasaroy” shuningdek, “Sauthempton” yarim himoyachisi Mario Lemina va “Brayton” hujumchisi Florin Andoneni ijaraga oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют