» » Namangandagi “Kosonsoy-farm” EIZda ilk loyiha ishga tushirildi

Namangandagi “Kosonsoy-farm” EIZda ilk loyiha ishga tushirildi


Namanganda “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasida yakunlangan ilk loyiha — Spring Pharmaceutic korxonasi ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Korxonaga EIZ hududidan o‘tgan yili 1,7 gektar yer ajratib berilgandi. Bir yil ichida jami qiymati 18 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirildi. Korxona mahalliy tadbirkorning mablag‘i hisobiga qurib bitkazildi.

70 ta yangi ish o‘rni yaratilgan korxonada yiliga 60 turdagi 25 milliard so‘mlik dori-darmon vositalari ishlab chiqariladi.

Erkin iqtisodiy zonaga umumiy qiymati 51 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 13 ta loyiha tanlab olingan. Ularning deyarli yarmi — 24 million dollari xorijiy investitsiyalardir. 2021-yilga borib barcha loyihalar yakunlangach, yillik ishlab chiqarish hajmi 100 milliard so‘mdan ortiq zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari va 1000 ga yaqin ish o‘rniga ega bo‘linadi.

Hozirgi kunda ana shu loyihalardan umumiy qiymati 8,5 million dollarga teng 6 tasi amalga oshirilmoqda, qolganlari ham boshlanish arafasida.

“Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasida, shuningdek, Koreya, Rossiya, Misr va Belarus davlatlari bilan hamkorlikdagi yangi yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Ukraina hamda Hindiston ham bu sohada Namangan viloyati bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют