» » O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklarga teng imkoniyatlarni kafolatlovchi qonun qabul qilindi

O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklarga teng imkoniyatlarni kafolatlovchi qonun qabul qilindi


Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qonunga ko‘ra, xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi, ularni jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda:

Endilikda qonun hujjatlaridagi jins bo‘yicha kamsitilishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ushbu hujjatlar va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi o‘tkaziladi.

Davlat xizmatida gender tenglikni ta’minlash uchun bir jinsdagi xodimlar uchun lavozimlar vaqtinchalik kvotalanishi mumkin. Bunda kvotalash xotin-qizlar va erkaklar vakilligining mutanosibligiga erishilganda bekor qilinishi mumkin.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi yagona davlat siyosati Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, agar shaxs o‘zini jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют