» » Aleksey Lixachyov: O‘zbekistonda AES qurish bo‘yicha asosiy ishlar 2020-yilda boshlanadi

Aleksey Lixachyov: O‘zbekistonda AES qurish bo‘yicha asosiy ishlar 2020-yilda boshlanadi


Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi 2020-yil boshida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov 3-sentabr, seshanba kuni jurnalistlar bilan muloqotda aytib o‘tdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Bizning vazifamiz — kelgusi yil boshida moliyalashtirish hamda loyihani joriy etish bosqichlari bo‘yicha asosiy qo‘shma qarorlar va shartnomaga ega bo‘lib, tanlab olingan maydonga chiqish”, — deydi “Rosatom” rahbari.

Uning qayd etishicha, hozirda O‘zbekiston Moliya vazirligi bilan kredit shartnomasi doirasida muloqot boshlangan.

“7-sentabr kuni O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolanganiga bir yil to‘ladi. Hozirgi kunda shartnoma hujjatlarida kelajakdagi stansiyaning obrazini, uning asosiy parametrlarini tasvirlash uchun barcha kerakli bilimlarni tayyorladik. Shartnoma bo‘yicha bu ish davom etmoqda, biz yil oxirigacha shartnomadagi yuqori darajaga chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Moliya vazirligi bilan kredit shartnomasi doirasida o‘zaro aloqalar bo‘yicha muloqot boshlandi.

Loyiha tijoriy. Shuning uchun bizni kelgusida loyiha qiymati va muddati bo‘yicha ko‘plab jiddiy muzokaralar kutib turibdi”, — deydi Lixachyov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют